Siyosat

Mirziyoyev Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi

© Sputnik / Mixail Mokrushin"Pechora-2M" zenit raketa majmuasi
Pechora-2M zenit raketa majmuasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya shartnoma doirasida harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga boʻlgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi maʼlumotni yetkazib berishi mumkin

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish kelishuvini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.

Bu haqdagi xabar dushanba kuni mahalliy OAVlarida eʼlon qilindi.

Rossiya askarining yangi kiyimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Hukumati Oʻzbekiston bilan Harbiy-texnik hamkorlik shartnomasini tasdiqladi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya Moskvada 2016 yilning 29 noyabr kuni harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish va 2017 yil uchun mudofaa vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik Rejasi toʻgʻrisida bitim imzolashgandi.

Joriy yilning 28 mart kuni Oʻzbekiston Senati ushbu bitimni tasdiqladi.

Shartnoma maqsadi harbiy-texnikaviy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan iborat.

Tomonlar shartnoma doirasida harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga boʻlgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi maʼlumotni yetkazib berishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Harbiy sir: Mirziyoyev Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi
Shuningdek tomonlar qurol-yarogʻlar hamda harbiy texnikaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha hamda harbiy-texnik yordamni koʻrsatish boʻyicha ishni amalga oshirish niyatidalar.

Oʻzbekiston va RF shuningdek harbiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash, modernizatsiya qilish va foydalanish boʻyicha qoʻshma korxona hamda ishlab chiqarishni yaratishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala