Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarga qanday shartnomalar imzolamoqchi?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyevning Rossiyaga safari davomida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aperl tongida Rossiyaga yoʻl oladi. Ushbu munosabat bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ raisi Achilbay Ramatov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Rossiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi matbuot-xizmati.

Vladimir Putinning Oʻzbekistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 4 aprelda Moskvaga uchib ketadi
"2017 yilning 3 aprel kuni Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasida delegatsiya aʼzolari savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida umumiy hajmi 4 milliard dollarlik ikkiyoqlama idoralararo hujjatlarning alohida qismlarini imzolashga bagʻishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadilar", — deyilgan xabarda.

Hujjatlarning asosiy qismi Mirziyoyevning Rossiyaga uyushtiradigan rasmiy safari vaqtida imzolanishi maʼlum qilingan.

Elchixona matbuot xizmatiga koʻra, Toshkent va Moskva oʻrtasida Rossiyaning UGMK-Xolding kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda Tebinbuloq temir konida vanadiy-titan magnetit ruda ishlab chiqish hamda poʻlat ishlab-chiqarish sanoatini rivojlantirish boʻyicha memorandum (qiymati 1,5 milliard dollar),  Toshkent shahridagi metallurgiya zavodi qurilishini moliyalashtirish loyihasi doirasida Asaka bank va "Gazprombank" AJ oʻrtasida hamkorlik bitimi (88 million dollar), "Qishloq xoʻjalik texnikasi Chirchiq zavodi" OAJ ishlab chiqarish maydonlarida hamkorlikda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab-chiqarishni yoʻlga qoʻyish va boshqa qator muhim bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Qoʻl berish - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Rossiya oldida yangi istiqbollar eshigi ochilmoqda
Shuningdek, Rossiyaga xoʻl meva-sabzavotlar va qayta ishlangan meva sabzavotlar yetkazib berish boʻyicha "Oʻzagroeksport"AJ hamda "Oʻzagroeksport" SU OAJ oʻrtasida 612 million dollarlik shartnoma, "Oʻzneftgaz" milliy xolding kompaniyasi va Rossiya Energetika Vazirligi oʻrtasida Oʻzbekistonga Rossiya neftini yetkazib berish boʻyicha shartnoma (qiymati 225 mln dollar) hamda "Olmaliq TMK" va Ijor ekskavator zavodi oʻrtasida oʻzaro ekskavator yetkazib berish boʻyicha 100 mln dollarlik hamkorlik shartnomalari imzolanadi.

Tadbir ishtirokchilari shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida oʻzaro manfaatli ikkiyoqlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish masalalari ham koʻrib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala