Farg‘onada gulqog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishQurilish mollari do‘konida gulqog‘ozlar
Qurilish mollari do‘konida gulqog‘ozlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zximsanoat" va Janubiy Koreyaning "Vingxauzing" kompaniyasi "Farg‘onaazot" korxonasi tarkibida polietilen gulqog‘ozlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bugungi kunda sohada marketing izlanishlar o‘tkazilib, biznes-reja ishlab chiqarilgan. Hamkorlar mahsulotni ichki bozorda sotish borasida faol muzokaralar olib borishmoqda.  

"Dastlab Koreya kompaniyasi "Farg‘onaazot" korxonasi tarkibida, qiymati 10 million dollar bo‘lgan yiliga ming tonna polietilen gulqog‘ozlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi. Kelajakda ushbu ishlab chiqarish kengaytirilishi mumkin. Ayni damda ushbu loyiha asosida qo‘shma korxona tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin kelajakda aniq ma’lumot paydo bo‘lishi kerak", — dedi soha vakili.

Uning so‘zlariga qaraganda bugungi kunda ushbu kabi korxonaning muvaffaqiyatga erishishi aniq, chunki O‘zbekiston bozorida faqat Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yevropa va Koreyada ishlab chiqarilgan gulqog‘ozlar bor.

Mahsulotni ushbu mamalkatlardan olib kelish, transport xarajatlari, bojxona to‘lovlari mahsulotning bozor narxiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sifati baland mahalliy mahsulot ichki bozorning katta qismini egallab olishi mumkin.

Yangi korxona 2018-yil oxiriga qadar ishga tushishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0