Jamiyat

Oʻzbekistonlik Misha Ge Olimpiadada qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMisha Ge figurali uchuvchi (Uzbekistan)
Misha Ge figurali uchuvchi (Uzbekistan) - Sputnik Oʻzbekiston
Misha Xelsinkida boʻlib oʻtgan JChda ogʻriqni bosuvchi dorilar yordamida boʻlsada, oʻz dasturini toʻliq ijro etdi. Buning evaziga u Janubiy Koreyada boʻlib oʻtadigan 2018 yilgi Qishgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekistonlik eng taniqli figurali uchuvchi Misha Ge, ulkan qiyinchiliklarga qaramasdan, Xelsinkida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib 2018 yilgi Qishgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Turnir qoidalariga koʻra, Olimpiadada ishtirok etish uchun barcha konkurslar boʻyicha jamlangan ballar boʻyicha 13 oʻrindan yuqori oʻrin egallash kerak. Misha Ge 243,45 ball jamlab, 12 oʻrin egalladi.

Aytib oʻtish kerak-ki, Misha mashq davomida olingan koʻplab jarohatlari tufayli, ogʻriq qoldiruvchi dorilar taʼsirida muz ustiga chiqdi va eng murakkab boʻlgan toʻrt aylanishli sakrashlardan voz kechdi. Lekin, dasturining qolgan qismini, jumladan ikkita "troynoy aksel"ni u bekamu-koʻst bajardi va tomoshabinlarning koʻplab olqishiga sazovor boʻldi.

Umid qilamizki, Misha Qishgi Olimpiada oʻyinlariga qadar barcha jarohatlarini davolab, yaxshi formada musobaqalarga yetib keladi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Ge oʻz sport karyerasini yakunlab dasturlar postanovkachisi boʻlish ehtimoli haqida gapirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala