Jamiyat

Sankt-Peterburgdagi teraktda 10 kishi qurbon boʻldi 37 kishi jarohatlandi

© Sputnik / Aleksandr Tarasenkov / Fotobankka oʻtishVzrыv v metro v Sankt-Peterburge
Vzrыv v metro v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Jarohat olganlardan olti kishi ogʻir ahvolda, qolganlar oʻrtacha, - deyilgan xabarda.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova xabariga koʻra Sankt-Peterburg metrosida sodir boʻlgan portlashda 10 kishi qurbon boʻlgan 37 kishi jarohatlangan, RIA Novosti xabariga koʻra.

Jarohatlanganlardan 6 kishi ogʻir ahvolda, qolganlar oʻrtacha ogʻirlkda jarohat olgan. Jarohatlanganlar orasida bir yosh bola ham bor. Uning taʼna aʼzolari kuygan va boshii jarohatlangan.

Spetsslujbы u metro Peterburga posle vzrыva - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sankt-Peterburg metrosida portlash sodir boʻldi

Vazir aytishiga qaraganda, jarohatlanganlarning asosiy qismi Djanelidze nomidagi Tez yordam institutiga va Mariinsk kasalxonasiga hamda Harbiy-tibbiyot akademiyasiga joylashtirilgan.

Jarohatlanganlarga kerakli tibbiy yordam toʻliq miqdorda koʻrsatilmoqda, kerak boʻlsa Moskvadagi Federal klinikalarga ham olib borish imkoni bor.

Skvortsova aytishiga qaraganda, Tez yordam mashinalari fojea joyiga 5 minut ichida yetib kelgan. 10 minut ichida metro bekatiga 18 ta tez yordam jamoasi yetib kelib qutqaruv ishlarini boshlagan.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Putin terakt qurbonlari oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi

Eslatib oʻtamiz, portlash Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut-2" bekatlari orasida soat 14:30 sodir boʻlgan. Terrorchi portlovchi modda va temir boʻlaklari solingan portfelni metro vagoni ichida qoldirib ketgan.

Bugun Sankt-Peterburgda boʻlgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi.

Milliy Sugʻurta ittifoqi direktori xabariga koʻra, ushbu fojeada qurbon boʻlganlar oilalariga 2,025 mln rubldan tovon poʻli toʻlanishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala