Shavkat Mirziyoyev 4-aprelda Moskvaga uchib ketadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putinning O‘zbekistonga safari
Vladimir Putinning O‘zbekistonga safari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy darajada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish choralari belgilab olinadi va bir qator xalqaro va hududiy muammolar borasida fikr almashiladi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin taklifiga ko‘ra 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi bilan keladi", — deyilgan Kreml rasmiy xabarida.  

5 aprelda Oliy darajada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari muhokama qilinib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari belgilab olinadi.   

Undan tashqari, bir qator xalqaro va hududiy muammolar borasida  fikr almashish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0