Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Tarasenkov / Mediabankka o‘tishVzriv v metro v Sankt-Peterburge
Vzriv v metro v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida Vladimir Putindan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘ragan.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan, bir necha kishining umriga zomin bo‘lgan, portlash munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdarlik bildirdi.

"Davlatimiz rahbari o‘z maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi", — deyilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan xabarda.

Bugun soat 14:30lar atrofida Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan qonli terakt oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Ushbu fojea munosabati bilan dunyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Vladimir Putinga hamdardlik bildirishda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0