Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 16ta hujjat imzolandi

© press-slujba posolstva Uzbekistana v Rossii Podpisaniye dokumentov v posolstve Uzbekistana v Rossii
Podpisaniye dokumentov v posolstve Uzbekistana v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Rossiya muzokaralari yakunlari boʻyicha qoʻshimcha qator hujjatlar Kremlda imzolanishi kutilmoqda

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasida 3 aprel kuni Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq hajmdagi 16ta hujjat imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi. Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Rossiya muzokaralari yakunlari boʻyicha qoʻshimcha qator hujjatlar Kremlda imzolanishi kutilmoqda.

Qoʻl berish - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Rossiya oldida yangi istiqbollar eshigi ochilmoqda
Xabarda aytilishicha, xususan, Oʻzbekistondagi Tebinbuloq konining tarkibida vanadiy moddasi boʻlgan titan-magnit rudalarini qayta ishlash loyihasini poʻlat-litey ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va "Gazprombank" AJ, Rossiya eksport-kredit agentligi oʻrtasida investitsion loyihalarni birgalikda moliyalashtirish boʻyicha hadli bitim, tayyor holda topshiriladigan misni boyitish majmuasini qurish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan. 

Bundan tashqari, "Asaka" bank va "Gazprombank" AJ oʻrtasida Toshkent shahrida metallurgiya zavodi qurilishi loyihasini moliyalashtirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida hadli bitim, "Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi" AJ ishlab chiqarish maydonlarida qishloq xoʻjaligi texnikasini hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha bitim va boshqa qator ahamiyatli hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha qiymati 612 million dollarga teng shartnomalar, Oʻzbekistonga Rossiya neftini yetkazib berish boʻyicha memorandum hamda ekskavator texnikasini yetkazib berish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim ham imzolandi.

© press-slujba posolstva Uzbekistana v Rossii Rossiya va Oʻzbekiston delegatsiyalari oʻrtasida hujjatlar imzolash marosimi
Podpisaniye dokumentov delegatsiyami Rossii i Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston delegatsiyalari oʻrtasida hujjatlar imzolash marosimi

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi oʻrinbosari Achilbay Ramatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga koʻra 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshiradi. Oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari hamda oʻzaro siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala