Jamiyat

Hafta oxirida sovuq boʻlib, qor yogʻishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishQor
Qor - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 4—5 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, koʻchki xavfi bor

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. "Oʻzgidromet" 4—7 aprel kunlari Oʻzbekiston hududida kechki sovuq va yogʻinlar — qorga aylanishi mumkin boʻlgan yomgʻir kutilayotganini maʼlum qildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana".

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ob-havo oʻzgarib turadi. 4 aprelda kunning birinchi yarmi va kechki payt yomgʻir yogʻadi, ayrim tumanlarda esa qorga aylanadi. 5—7 aprel kunlari yogʻin kutilmaydi. 4—5 aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

4—6 aprel kechki payt 0…+5 daraja, 5—6- aprelda ayrim joylarda 1—2 daraja sovuq, 4—5 aprel +7…+12, 6- aprelda +12…+17; 7- aprel tunda +2…+7, kunduzi +15…+20.

Povsednevnaya jizn - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FVV ogohlantiradi: Oʻzbekistonda aprelda qor yogʻadi
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda ob-havo oʻzgarib turadi, biroq yogʻingarchilik kutilmaydi. 4—5 aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—5 aprelda kechki payt harorat 0…+5, 4 aprelda kunduzi +5…+10, baʼzi joylarda 1—2 daraja sovuq, 6—7- aprelda +2…+7; 5—7- aprel kunlari havo harorati +17…+22 gacha koʻtarilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo oʻzgarib turadi, biroq yogʻingarchilik kutilmaydi. 4—5 aprel kunlari kunduzi +7…+12, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—6 aprelda kechki payt harorat 0…+5, 5 aprelda baʼzi joylarda 1—2 daraja sovuq. 6—7 aprel kunlari havo harorati +17…+22 darajagacha koʻtariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo oʻzgarib turadi, 4 aprelda vaqti-vaqti bilan yomgʻir, 5 aprelda esa ayrim tumanlarda yomgʻir. 6—7 aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprelda kechki payt harorat +3…+8, 7- aprelda +5…+10, 4—5 aprel kunlari kunduzi +8…+13, 6—7- aprelda harorat +17…+22 darajagacha koʻtariladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ham ob-havo oʻzgarib turadi., 4 aprelda vaqti-vaqti bilan yomgʻir, 5 aprelda esa ayrim tumanlarda yomgʻir. 4 6—7- aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 4 va 7 aprel kunlari kechki payt harorat +2…+7, 5—6 aprelda 0…+5, 4—5 aprelda kunduzi +7…+12. 6—7- aprelda harorat +12…+17 darajagacha koʻtariladi.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 4—5 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir, koʻchki xavfi bor. 6—7- aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4 va 7 aprel kunlari kechki payt harorat 0-5 daraja sovuq, 5—6 aprelda 2—7 daraja sovuq, 4 aprel kunduzi 0…+5. 5—7- aprelda harorat +7…+12 darajagacha koʻtariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader