Taniqli jurnalist Bobur Alixonov MTRK raisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Obuna bo‘lish
Qator televizion loyihalar muallifi va produseri Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi Xurshid Mirzohidovning o‘rinbosari vazifasini bajaradi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Taniqli jurnalist Bobur Alixonov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) raisining axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: "Ura-ura"chilik zamoni o‘tdi
Mahalliy OAVlarda ma’lumot berilishicha, turkum televizion loyihalar muallifi va produseri, OAV sohasi eksperti Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi Xurshid Mirzohidovning o‘rinbosari vazifasini bajaradi.

Bobur Alixonov 1962-yilda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1983-yilda ToshDUni tamomlagan va shu vaqtda televidenie sohasiga ishga kirgan. Shu kunga qadar "Axborot" direksiyasida direktor vazifasini bajargan. 1986-yilda "Ostankino"da, shuningdek, AQShdagi bir nechta telekompaniyalarda va 1995-yilda Britaniyaning VVS kompaniyasida stajirovka o‘tagan.

Yangiliklar lentasi
0