Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga joʻnab ketdi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki davlat Prezidentlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4 aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskva shahriga joʻnab ketdi, deb xabar qildi "Kun.uz".

Rossiyskiy i Uzbekskiy flagi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent va Moskva 16 mlrd dollarlik 50dan ortiq hujjat imzolaydi
Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki davlat Prezidentlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala