Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlik yanada kuchayadi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishV operatsionnoy
V operatsionnoy - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki mamlakat sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy ofatlar va atrofga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi kurash, tadqiqotlar oʻtkazish hamda mutaxassislar, oʻqituvchilar va talabalar almashish borasida hamkorlik qiladi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya hukumati Oʻzbekiston bilan sogʻliqni saqlash, tibbiy taʼlim va fan sohasidagi hamkorlik kelishuvi loyihasini maʼqulladi.

Rostex - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Rostex" korporatsiyasi Oʻzbekistonga tibbiyot uskunalari borasida yordam beradi

"Tomonlar sogʻliqni saqlash, tibbiy taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi, oʻzaro manfaatlar va ikki mamlakat qonunlaridan kelib chiqib tenglik tamoyili asosida aholining sanitar-epidemiologik farovonligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi", — deyiladi hujjatda.

Ikki mamlakat shuningdek, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy ofatlar va atrofga xavf soluvchi kasalliklarga qarshi kurash, tadqiqotlar oʻtkazish hamda mutaxassislar, oʻqituvchilar va talabalar almashish borasida hamkorlik qiladi.

Rossiya tomonidan ushbu kelishuvni bajarish boʻyicha masʼuliyat Sogʻliqni saqlash hamda Sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston tomonidan esa Sogʻliqni saqlash vazirligi va "Oʻzfarmsanoat" kontserni zimmasiga yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala