Jamiyat

OAV: Axborot dasturi jonli efirda namoyish etildi

© Sputnik / AlexTikhomirovTeledasturlar studiyasi
Teledasturlar studiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidentining tanqididan soʻng Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgani xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Bugun "Axborot" dasturi ilk marotaba jonli efirda uzatildi, deb xabar qilmoqda "Diydor aziz" nashri.

Boshlovchi - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Tele-jurnalistika kamchiligi haqida bir chimdim
"Bugun, Oʻzbekiston telekanalining "Axborot" dasturi 14:00da jonli efirda namoyish etildi. Tanqid toshlaridan soʻng "Axborot" dasturi jonli efirda chiqa boshlagani katta oʻzgarishdir. Hamkasblarimizga omad tilab qolamiz", — deyilgan xabar matnida.

Eslatib oʻtamiz, 30 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev video muloqoti chogʻida Milliy teleradokompaniyasi faoliyatiga "Axborot" va "Davr" informatsion dasturlaridan kelib chiqib aytgan tanqidiy fikrlar bildirgan edi.

Mirziyoyev bu sohada ahvol "eski hammom, eski tos" boʻlib qolayotganini aytgan hamda "Ura-ura"chilik zamoni oʻtgani, televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar berish, "Axborot" koʻrsatuvini oʻzgartirish kerakligini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala