Siyosat

Shavkat Mirziyoyev samolyoti "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qoʻndi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribыvshiy s gosudarstvennыm vizitom, vo vremya tseremonii vstrechi v aeroportu "Vnukovo-2"
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev, pribыvshiy s gosudarstvennыm vizitom, vo vremya tseremonii vstrechi v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasiga ishchi safar bilan keldi. Ertaga oliy darajadagi uchrashuv boʻlishi kutilmoqda

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seshanba kuni ikki kunlik tashrif bilan Rossiyaga keldi.

Prezident samolyoti Moskvaning "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qoʻndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti muxbiri.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati aʼzolari kutib oldi.

Rossiyskiy i Uzbekskiy flagi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent va Moskva 16 mlrd dollarlik 50dan ortiq hujjat imzolaydi
Rossiya rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli masalalar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari mintaqaviy va xalqaro dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashadilar. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki davlat Prezidentlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar, tijorat shartnomalari va boshqa qator hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala