Astraxanda vahobiylar ikki politsiyachini o‘ldirdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishPolitsiya xodimlari
Politsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu jinoyat yuzasidan vahobiy oqimiga aloqador bo‘lgan 8 kishi qidirilmoqda, ularning 6 nafari Astraxan viloyatida tug‘ilgan, 2 nafari Qozog‘istonda tug‘ilgan, o‘rta yoshli fuqarolar.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Vahobiy oqimiga mansub bir guruh radikal islomchilar Astraxanda politsiyachilarga hujum qilgan, dedi viloyat gubernatori Aleksandr Jilkin, Aksilterror qo‘mitasining shoshilinch majlisida.

“Bugun tunda bir guruh vahobiy radikal islomchilar, ataylab YTH sodir etib, YHXX xodimlariga hujum qilishdi”, — dedi Jilkin.

 

Gubernator aytishiga qaraganda, ushbu jinoyatda gumon qilingan shaxslar ro‘yxati aniqlanib, e’lon qilingan, barcha kerakli kuchlar ushbu ishda ishtirok etmoqda.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2017-yilning 4-aprel tun soat 00:27 da noma’lum shaxslar Astraxan viloyatining Leninsk tumanida YTH sodir etgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, jinoyatchilar yetib kelgan ikki nafar politsiya xodimlarini otib o‘ldirib, ularning qurollarini olib voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

OAVlarda xabar berilishiga ko‘ra, polsiyachilardan birining qo‘lida jinoyatchining haydovchilik guvohnomasi qolib ketgan. Keyinchalik jinoyatchilar “Gazel” avtomobilini dalada qoldirib, davlat raqami Leningrad viloyatiga tegishli bo‘lgan Lada Priora avtomobilida qochib ketishgan.

Ayni damda voqea joyida Astraxan viloyati tezkor qidiruv guruhi, ishlamoqda. 8 kishi viloyat va butun Rossiya qidiruviga berilgan. Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra ularning 6 nafari  Astraxan viloyatida tug‘ilgan, 2 nafari Qozog‘istonda tug‘ilgan, o‘rta yoshli fuqarolar.

 

Yangiliklar lentasi
0