Jamiyat

Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo boʻladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishBolalar poliklinikasi
Bolalar poliklinikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati tumanlaridagi qishloq vrachlik punktlari negizida 43 ta oilaviy poliklinika tashkil etilmoqda

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. 3 aprel kuni oʻtkazilgan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 35-sessiyasida viloyatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va yanada yaxshilash chora-tadbirlari muhokama qilindi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Siyosat
Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi ishdan olindi
Tadbirda dori-darmon narxlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan qishloq vrachlik punktlarining faoliyati toʻliq qayta koʻrib chiqilib, 50%i qisqartiriladigan boʻlgan.

Aholiga qulay boʻlgan qishloq vrachlik punktlari saqlab qolinib, ularda nafaqat ambulator xizmat, balki statsionar xizmat yoʻlga qoʻyilishi, ginekolog, stomatolog, pediatr, klinik laboratoriya, ultratovush tekshirish, EKG tekshiruvi amalga oshirilishi, 103 shoxobcha tunu kun xizmat koʻrsatishi belgilangan.

Samarqan viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi A.Joʻrayev tuman markazidan uzoq-yaqinligi, hududiy joylashuvi, aholi uchun qulayligi, binoning moddiy-texnika bazasi, infratuzilmasi hisobga olingan holda qishloq vrachlik punktlari negizida 43 ta oilaviy poliklinika tashkil etilayotgani haqida axborot bergan.

Past Dargʻomda 6 ta, Urgutda 5 ta, Ishtixon tumanida 4 ta, Kattaqoʻrgʻon, Oqdaryo, Paxtachi, Samarqand, Jomboy va Nurobod tumanlarida 3 tadan, Narpay, Payariq, Toyloq, Bulungʻur, Qoʻshrabot tumanlarida 2 tadan qishloq vrachlik punktlari oilaviy poliklinikalarga aylantirilishi taʼkidlangan.

Tuman markaziga yaqin joylashgan, moddiy-texnika bazasi, sanitar ahvoli talabga javob bermaydigan 22 ta qishloq vrachlik punkti faoliyati tugatilishi maʼlum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala