Jamiyat

Tergov qoʻmitasi terrorchining ota-onasini soʻroq qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishSankt-Peterburgda, "Sennaya ploщad" metro bekati
Sankt-Peterburgda, Sennaya ploщad metro bekati - Sputnik Oʻzbekiston
Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel kuni portlash uyushtirgan terrorchi shaxsi aniqlandi. Ayni damda uning ota-onasi soʻroq qilindi.

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Tergov qoʻmitasi Sankt-Peterburg metrosida oʻzini portlatib yuborgan xudkush-terrorchining shaxsini aniqladi.

"U Akbarjon Jalilov boʻlib chiqdi. U1995 yilning 1 aprelida Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatida tugʻilgan, ayni damda Rossiya fuqarosi", — deyilgan qoʻmita xabarida.  

Ekspert kriminalistlar aniqlashiga koʻra, Jalilovning biologik izlari «Ploщad Vosstaniya» bekatida qoldirib ketilgan, portlamay qolgan bombada ham topilgan.

Oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari doirasida Jalilovning ota-onasi shaxsi aniqlanib ular soʻroq qilingan.

"Qidiruv-tergov ishlari doirasida Jalilovning ota-onasi soʻroq qilindi. Boshqa hech narsa ayta olmaymiz. Qirgʻiziston maxsus xizmatlari biz bilan aloqada", — deyilgan huquqni saqlash organlari xabarida.

Akbarjon Jalilovning Qirgʻizistondagi hayoti haqida maʼlumot juda kam.

Metroda xavfsizlik choralari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sankt-Peterburgdagi teraktda Qirgʻiziston fuqarosi gumon qilinmoqda
Xabarda aytilishiga koʻra u 2011 yilga qadar Oʻsh viloyatida yashagan. Qirgʻiziston fuqaroligini olmagan, chunki balogʻat yoshiga yetmasdan Rossiyaga koʻchib ketgan. Kelajkda Jalilovning ota-onasi vataniga qaytgan, lekin uning oʻzi Rossiyada qolgan.

Jalilovning qoʻshnilari aytishiga qaraganda ularning oilasi tinch yashagan, hech qanday mojarorlarga aralashmagan.

"Ular bu yerga 5-6 yil oldin koʻchib kelishgan edi. Otasi koʻp yillar davomida Rossiyada edi. Ular tinch oila edi, hech qanday mojarolarga aralashmas edi. Bu oila haqida bilganim shu", — deb izoh bergan Jalilovlar qoʻshnisi matbuot vakillariga.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader