Jamiyat

Rossiya bilan shartnomaga koʻra Oʻzbekiston uchinchi davlatlarga qurol yetkazmaydi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPanzer T-90
Panzer T-90 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma 2016 yilda imzolangan

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnomada harbiy texnika va qurollarni uchinchi mamlakatlarga yetkazish koʻzda tutilmagan, deb xabar berdi RIA Novosti harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha federal xizmat direktori oʻrinbosari Vladimir Drojjovga asoslanib.

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma 2016 yilda imzolangan.

"Uchinchi mamlakatlar manfaatini koʻzlab qurol yetkazish koʻzda tutilmagan. Shu munosabat bilan mazkur shartnoma doirasida yetkazilgan harbiy mahsulotlarning mavjudligini nazorat qilish boʻyicha biz tomonimizdan hukumatlararo kelishuv loyihasi tayyorlandi", — dedi Drojjov.

U hukumatlararo kelishuv yetkazib berilgan texnikadan qanday foydalanilayotganini tekshirib turish imkonini berishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0