Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari birgalikda muzeyga tashrif buyurishadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan Moskvada bo‘lib turibdi

MOSKVA, 5 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birgalikda poytaxtdagi muzeylardan biriga tashrif buyurishlari mumkin, dedi Rossiya davlati rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Hozirda O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifining ikki tomonlama uchrashuvlar qismi davom etmoqda, tor doiradagi uchrashuvlardan so‘ng kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. So‘ngra rasmiy tushlik o‘tkaziladi va prezidentlar kechga yaqin poytaxtdagi muzeylardan biriga tashrif buyurishlari mumkin", — dedi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan Moskvada bo‘lib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0