Migratsiya

Rossiya va Oʻzbekiston mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuv imzoladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisaniye dokumentov
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini taʼsis etish boʻyicha ham kelishuv imzoladi

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish boʻyicha kelishuv imzoladi.

Hujjat Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini taʼsis etish boʻyicha ham kelishuv imzoladi.

Bundan tashqari, tomonlar sogʻliqni saqlash, tibbiy taʼlim va fan sohasida, turizm sohasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladilar.

Shuningdek, "YEVROTSEMENT grup" va "Oʻzqurilishmateriallar" AJ, "Gazprom eksport" MCHJ va "Oʻztransgaz" AK, "Gazprom" OAJ va "Oʻzbekneftegaz" MXK, Vneshekonombank va Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banklari oʻrtasida hujjatlar imzolandi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat bojxona xizmatlari, qator vazirliklar, oliy oʻquv yurtlari, tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlari oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv va shartnomalar imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala