Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin oʻrtasida imzolangan hujjatlar

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi yuqori darajada saqlanib kelayotganligini va ayrim mahsulot turlarida "hayratlanarli tarzda oshayotganligini" taʼkidladi

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Kremlda Vladimira Putin va Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv yakunlariga koʻra ikki davlat rahbarlari Qoʻshma bayonotga imzo chekdilar. Bundan tashqari, jami 39ta hukumatlararo va muassasalararo hujjatdan iborat toʻplam imzolandi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aylanmasi yuqori darajada saqlanib kelayotganligini va ayrim mahsulot turlarida "hayratlanarli tarzda oshayotganligini" taʼkidladi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari birgalikda muzeyga tashrif buyurishadi

"Bu ayniqsa yengil sanoat, qishloq xoʻjaligiga tegishli. Qishloq xoʻjaligi borasidagi koʻrsatkich, Rossiya bozoriga Oʻzbekiston mahsulotlarining kirib kelishi ikki baravardan koʻproqqa oshdi", — dedi Vladimir Putin.

Oʻzbekiston prezidenti oʻzaro koʻzda tutilgan rejalar tezlik bilan amalga oshayotganligi uchun Putinga minnatdorlik bildirdi.

"Siz bilan Samarqanddagi uchrashuvimiz chogʻida barcha yoʻnalishlar boʻyicha ishonchli, ochiq suhbat boʻlib oʻtgandi. Oʻtgan qisqa davr mobaynida koʻp oʻzgarishlar yuz berdi. Sizga minnatdorlik izhor qilmoqchiman: siz bilan kelishilgan barcha narsa amalga oshmoqda. Bugun biz imzolaydigan hujjatlar toʻplami ana shundan dalolat beradi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari rasmiy tashrif doirasida Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyida tashkil etilgan "Nukus xazinasi" koʻrgazmasiga tashrif buyurishi koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala