Jamiyat

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvida Rustam Inoyatov ham ishtirok etdi

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi
MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda MDH mamalkatlari xavfsizlik xizmatlari orasida juda yaqin hamkorlik munonsobatlari oʻrnatilgan.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Bugun Moskvada MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining 25-uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Undan Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisi Inoyatov Rustam Rasulovich ham ishtirok etdi.  

Uchrashuvda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugungi kunda terrorchilar hujumi barcha MDH mamlakatlariga xavf solayotganini taʼkidladi. Putinning fikriga koʻra terrorchilik bilan kurashish uchun barcha mamlakatlar maxsus xizmatlari yaqindan hamkorlik qilishi kerak.

“Koʻrib turganingizdek, vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarmayapti.  Buning tasdigʻi – yaqinda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan fojealar. Terrorchi hujumi oqibatida odamlar qurbon boʻldi, koʻp kishi jarohat oldi”, — dedi Vladimir Putin.

Rossiya prezidentining fikriga koʻra, MDH mamlakatlariga terrorchilikdan boshqa yana bir necha xavflar tahdid solmoqda. Ular orasida uyushgan jinoyatchilik, narkotraffik, korruptsiya va davlatlar ichki siyosatiga tashqaridan aralashish kabi xatarlar bor.

Vladimir Putin aytishiga qaraganda bugungi kunda MDH mamalkatlari xavfsizlik xizmatlari orasida juda yaxshi hamkorlik munonsobatlari oʻrnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala