Jamiyat

Mirziyoyev va Putin qabul qilishgan bayonnomaning toʻliq matni

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga boʻlgan davlat tashrifi davomida strategik hamkorlik, savo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, xalqaro xavfsizlik va boshqa sohalarda oʻnlab shartnomalr imzolandi. Quyida ikki mamlakat prezidentlarining ushbu borada birgalikda eʼlon qilgan bayonnomasinining matnini keltiramiz.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga boʻlgan davlat tashrifi doirasida Kremlda qabul marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin birgalikda qabul qilingan bayonnomani imzolashdi. Ushbu hujjatda quydigilar qayd etilgan. 

Doʻstona, ishonchli va konstruktiv muhitda boʻlib oʻtgan muzokaralarda prezidentlar Rossiya va Oʻzbekiston orasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, prezidentlar oʻzaro hurmat, teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan davlatlaro suhbat yuqori darajada boʻlib oʻtganini tasdiqlashdi.

Strategik hamkorlik

Putin va Mirziyoyev Rossiya va Oʻzbekiston orasida 2004 yilning 16 iyunida imzolangan strategik hamkorlik haqidagi, 2005 yilning 14 noyabrida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari haqidagi shartnomalarning va 2012 yilning 4 iyunida imzolangan Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish deklaratsiyasining dolzarbligini  va ushbu hujjatlar mamlakatlararo munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishini tasdiqlashdi.

Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin: Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari – strategik hamkorlik darajasida

Prezidentlar Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish va ushbu sohada imzolangan shartnomalarni amalga tadbiq qilish kerakligini taʼkidlashdi.  

Savdo-iqtisodiy munosabatlar

Prezidentlar oʻzaro manfaatli boʻlgan savdo-iqtisodiy munosabatlar ushbu munosabatlarning muhim boʻlagi ekanligini tasdiqlashdi. Davlat rahbarlari Rossiya va Oʻzbekistonning Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiya ishini yuqori baholashdi.

Shuningdek, prezidentlar Oʻzbekiston meva sabzavotlarini Rossiya bozoriga yetkizib berishning muvaffaqiyatli rivojlanayotganini, "yashil koridor" tizimi ham bunga oʻz hissasini qoʻshayotganini qayd etishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarga qanday shartnomalar imzolamoqchi?

Ikki mamlakat rahbarlari Oʻzbekiston va Rossiya hududlari orasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnoma imzolanishini ham yuqori baholashdi.

Oʻzbekiston va Rossiya orasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnoma mamlakatlar sayyohlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish ham turizm va mamlakatlar orasida gumanitar almashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentlar, tashqi bozorlarga eng yaqin yoʻllar bilan chiqishni taʼminlaydigan tranzit koridorlar va transport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish ustuvor xarakterga ega ekanligini aytib oʻtishdi. Transport xizmatlariga raqobatbardosh narxlar oʻrnatish, Rossiya va Oʻzbekiston temir yoʻllari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish imkonini yaratishi ham qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin neft va gaz sohasidahamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Rossiya orasida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda Rossiyada ishga qabul qilish va ikki davlatda migratsiya vakolatxonalari ochish haqidagi shartnomaning muhim ekanligi qayd etishdi. Shuningdek, kelajakda migratsiya sohasida xalqaro hamjamiyatda qabul qilingan koʻrinishlarini rivojlantirishga kelishib olindi.

Nukus durdonalari koʻrgazmasi ochilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
"Oʻrta Osiyo Tretyakovi" - Savitskiy kollektsiyasi Moskvada

Prezidentlar sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Xususan, tibbiy taʼlim, tibbiy muassasalar orasidagi tajriba olmashish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va Rossiya yetakchi tibbiy muassasalarining filiallarini Oʻzbekistonda tashkil qilish borasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Ushbu sohalarda Oʻzbekiston va Rossiya orasida hamkorlik qilish haqida shartnomalar imzolandi.

Davlat rahbarlari mamlakatlar orasida taʼlim, ilm-fan, sport, madaniyat, sanʼat va turizm sohalarida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga kelishib olishdi. Bu borada Nukusdagi Savitskiy noimli muzeyning Rossiya Davlat Sanʼat muzeyida koʻrgazma oʻtkazayotgani — muhim madaniy voqea sifatida qabul qilindi. 

Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari mustahkamlanishida, Rossiya va Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va urf odatlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirishda davlat ommaviy axborot vositalarining oʻrni muhimligi qayd etildi.

Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya va Oʻzbekiston mehnat migratsiyasi boʻyicha kelishuv imzoladi

Putin va Mirziyoyev ikki mamlakat orasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanliklarini bildirishdi. Rossiyada "elektron hukumat" tashkil qilish sohasida orttirilgan tajriba Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkinligi ham qayd etildi.

Rossiya prezidenti Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan millatlararo hamjihatlik va millatlar va elatlar ona tili, urf-odatlarini saqlab qolish, kelajak avlodlarga uzatish siyosatiga juda yuqori baho berishdi. Shu bilan birga Oʻzbekistonda rus tilini va rus tilida taʼlim berish tizimini saqlab qolish muhimligi qayd etildi. Davlat rahbarlari kelajakda rus tili mutaxassislari tayyorlash dasturlarini rivojlantirish, Oʻzbekistonda Rossiya taʼlim muassasalari filiallari tizimini va mamlakatlar orasida talabalar almashinuvini kengaytirish tarafdori ekanligini bildirishdi.

Xalqaro maydondagi hamkorlik

Prezidentlar, kun tartibida turgan, ikki davlat uchun muhim boʻlgan xalqaro va mahalliy masalalar borasida fikr almashishdi.

Davlat rahbarlari terrorchilik, separatizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikkning har qanday koʻrinishiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olindi.

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvida Rustam Inoyatov ham ishtirok etdi

Oʻzbekiston va Rossiya BMTni umumjahon miqyosida xalqaro xavfsizlikni taʼminlashga qodir yagona tashkilot sifatida tan olishlarini qayd etishdi. Prezidentlar har qanday mamlakatda konstitutsiyaga zid ravishda hukumat almashishining noqonuniyligini va bunday faoliyatni qabul qilib boʻlmasligi tan olishdi. 

Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkilotini rivojlantirishga boʻlgan qiziqishni tasdiqlashdi. Hindiston va Pokistonga SHHTning toʻla qonli aʼzosi mamqomi berilishi tashkilotning xalqaro maydondagi salohiyatini oshirishi va zamonning muhim muammolarini ham qilishda imkoniyatlarini kengaytirishi qayd etildi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin oʻrtasida imzolangan hujjatlar

Shuningdek, tomonlar Afgʻonistonda barqarorlik oʻrnatilishi Oʻrta Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlashning muhim omili boʻlib qolishiga ishonch bildirishdi. Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklashga yordam berishda BMT asosiy rol oʻynashi kerakligi qayd etildi.

Rossiya va Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda suv resurslaridan barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda, oʻzaro foydali va teng haqli ravishda foydalanish tarafdorligi qayd etildi.

Tashrif yakunlari va minnatdorlik

Davlat rahbarlari boʻlib oʻtgan uchrashuvlar va tashrif davomida imzolangan shartnomalar Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi orasida anʼanaviy doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

Oʻzbekiston prezidenti Moskva markazidagi xiyobonlardan biriga Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berilishi va haykali oʻrnatilishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir soʻngida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga va butun Rossiya xalqiga Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrstatilgan samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorchilik bildirdi va Rossiya prezidentini davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga taklif qildi.

Rossiya tomon taklifni minnatdorlik qabul qildi va tashrif sanasi diplomatik muassasalar orqali hal qilinishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala