Mirziyoyev va Putin qabul qilishgan bayonnomaning to‘liq matni

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi davomida strategik hamkorlik, savo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, xalqaro xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘nlab shartnomalr imzolandi. Quyida ikki mamlakat prezidentlarining ushbu borada birgalikda e’lon qilgan bayonnomasinining matnini keltiramiz.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi doirasida Kremlda qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin birgalikda qabul qilingan bayonnomani imzolashdi. Ushbu hujjatda quydigilar qayd etilgan. 

Do‘stona, ishonchli va konstruktiv muhitda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda prezidentlar Rossiya va O‘zbekiston orasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, prezidentlar o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan davlatlaro suhbat yuqori darajada bo‘lib o‘tganini tasdiqlashdi.

Strategik hamkorlik

Putin va Mirziyoyev Rossiya va O‘zbekiston orasida 2004-yilning 16-iyunida imzolangan strategik hamkorlik haqidagi, 2005-yilning 14-noyabrida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari haqidagi shartnomalarning va 2012-yilning 4-iyunida imzolangan Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish deklaratsiyasining dolzarbligini  va ushbu hujjatlar mamlakatlararo munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishini tasdiqlashdi.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari – strategik hamkorlik darajasida

Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya orasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish va ushbu sohada imzolangan shartnomalarni amalga tadbiq qilish kerakligini ta’kidlashdi.  

Savdo-iqtisodiy munosabatlar

Prezidentlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan savdo-iqtisodiy munosabatlar ushbu munosabatlarning muhim bo‘lagi ekanligini tasdiqlashdi. Davlat rahbarlari Rossiya va O‘zbekistonning Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiya ishini yuqori baholashdi.

Shuningdek, prezidentlar O‘zbekiston meva sabzavotlarini Rossiya bozoriga yetkizib berishning muvaffaqiyatli rivojlanayotganini, "yashil koridor" tizimi ham bunga o‘z hissasini qo‘shayotganini qayd etishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya 4 mlrd dollarga qanday shartnomalar imzolamoqchi?

Ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya hududlari orasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnoma imzolanishini ham yuqori baholashdi.

O‘zbekiston va Rossiya orasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi shartnoma mamlakatlar sayyohlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish ham turizm va mamlakatlar orasida gumanitar almashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentlar, tashqi bozorlarga eng yaqin yo‘llar bilan chiqishni ta’minlaydigan tranzit koridorlar va transport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish ustuvor xarakterga ega ekanligini aytib o‘tishdi. Transport xizmatlariga raqobatbardosh narxlar o‘rnatish, Rossiya va O‘zbekiston temir yo‘llari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish imkonini yaratishi ham qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin neft va gaz sohasidahamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya orasida O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda Rossiyada ishga qabul qilish va ikki davlatda migratsiya vakolatxonalari ochish haqidagi shartnomaning muhim ekanligi qayd etishdi. Shuningdek, kelajakda migratsiya sohasida xalqaro hamjamiyatda qabul qilingan ko‘rinishlarini rivojlantirishga kelishib olindi.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada

Prezidentlar sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Xususan, tibbiy ta’lim, tibbiy muassasalar orasidagi tajriba olmashish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va Rossiya yetakchi tibbiy muassasalarining filiallarini O‘zbekistonda tashkil qilish borasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Ushbu sohalarda O‘zbekiston va Rossiya orasida hamkorlik qilish haqida shartnomalar imzolandi.

Davlat rahbarlari mamlakatlar orasida ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat, san’at va turizm sohalarida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga kelishib olishdi. Bu borada Nukusdagi Saviskiy noimli muzeyning Rossiya Davlat San’at muzeyida ko‘rgazma o‘tkazayotgani — muhim madaniy voqea sifatida qabul qilindi. 

Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari mustahkamlanishida, Rossiya va O‘zbekiston tarixi, madaniyati va urf odatlari bilan keng jamoatchilikni tanishtirishda davlat ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhimligi qayd etildi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

Putin va Mirziyoyev ikki mamlakat orasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanliklarini bildirishdi. Rossiyada "elektron hukumat" tashkil qilish sohasida orttirilgan tajriba O‘zbekistonga qo‘l kelishi mumkinligi ham qayd etildi.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan millatlararo hamjihatlik va millatlar va elatlar ona tili, urf-odatlarini saqlab qolish, kelajak avlodlarga uzatish siyosatiga juda yuqori baho berishdi. Shu bilan birga O‘zbekistonda rus tilini va rus tilida ta’lim berish tizimini saqlab qolish muhimligi qayd etildi. Davlat rahbarlari kelajakda rus tili mutaxassislari tayyorlash dasturlarini rivojlantirish, O‘zbekistonda Rossiya ta’lim muassasalari filiallari tizimini va mamlakatlar orasida talabalar almashinuvini kengaytirish tarafdori ekanligini bildirishdi.

Xalqaro maydondagi hamkorlik

Prezidentlar, kun tartibida turgan, ikki davlat uchun muhim bo‘lgan xalqaro va mahalliy masalalar borasida fikr almashishdi.

Davlat rahbarlari terrorchilik, separatizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikkning har qanday ko‘rinishiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olindi.

MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvida Rustam Inoyatov ham ishtirok etdi

O‘zbekiston va Rossiya BMTni umumjahon miqyosida xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga qodir yagona tashkilot sifatida tan olishlarini qayd etishdi. Prezidentlar har qanday mamlakatda konstitutsiyaga zid ravishda hukumat almashishining noqonuniyligini va bunday faoliyatni qabul qilib bo‘lmasligi tan olishdi. 

Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkilotini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlashdi. Hindiston va Pokistonga ShHTning to‘la qonli a’zosi mamqomi berilishi tashkilotning xalqaro maydondagi salohiyatini oshirishi va zamonning muhim muammolarini ham qilishda imkoniyatlarini kengaytirishi qayd etildi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida imzolangan hujjatlar

Shuningdek, tomonlar Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishi O‘rta Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlashning muhim omili bo‘lib qolishiga ishonch bildirishdi. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va mamlakat iqtisodiyotini tiklashga yordam berishda BMT asosiy rol o‘ynashi kerakligi qayd etildi.

Rossiya va O‘zbekiston O‘rta Osiyoda suv resurslaridan barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olgan holda, o‘zaro foydali va teng haqli ravishda foydalanish tarafdorligi qayd etildi.

Tashrif yakunlari va minnatdorlik

Davlat rahbarlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar va tashrif davomida imzolangan shartnomalar Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi orasida an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

O‘zbekiston prezidenti Moskva markazidagi xiyobonlardan biriga O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berilishi va haykali o‘rnatilishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga va butun Rossiya xalqiga O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rstatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi va Rossiya prezidentini davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif qildi.

Rossiya tomon taklifni minnatdorlik qabul qildi va tashrif sanasi diplomatik muassasalar orqali hal qilinishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0