Rossiya

Rossiyada terrorchilarga koʻmaklashganlikda ayblanib 6 nafar markaziy osiyolik qoʻlga olindi

© FSB RF / Fotobankka oʻtishRossiya Federal Xafvsizlik xizmati
Rossiya Federal Xafvsizlik xizmati - Sputnik Oʻzbekiston
Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, gumonlanuvchilar 2015 yilning noyabridan boshlab hozirgi vaqtga qadar Sankt-Peterburg hududida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini "Jabhat-an-Nusra" va "Islom davlati" terrorchilik uyushmalariga aʼzolikka yollash bilan shugʻullangan

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan 6 nafar fuqaro Sankt-Peterburgda terrorni amalga oshirishda koʻmaklashganlikda ayblanib qoʻlga olindi, deb xabar qildi chorshanba kuni Rossiya Tergov qoʻmitasi matbuot-xizmati.

"2017 yilning 5 aprel kuni Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati va Rossiya IIV regional boshqarmalari, hamda Rossiya Milliy Gvardiyasi maxsus boʻlinmalari hamkorligida olib borilgan tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Rossiyaga ishlash uchun kelgan 6 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari qoʻlga olindi", — deyiladi xabarda.

Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, gumonlanuvchilar 2015 yilning noyabridan boshlab hozirgi vaqtga qadar Sankt-Peterburg hududida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini "Jabhat-an-Nusra" va "Islom davlati" terrorchilik uyushmalariga aʼzolikka yollash bilan shugʻullangan.

Sankt-Peterburgda, Sennaya ploщad metro bekati - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tergov qoʻmitasi terrorchining ota-onasini soʻroq qildi
Bundan tashqari, gumonlanuvchilar yollanayotgan fuqarolarni chet davlatlar hududlarida faoliyat yuritayotgan noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatiga jalb qilish bilan ham shugʻullangan.

Gumonlanuvchilarning yashash joylarida oʻtkazilgan tintuv natijasida ekstremistik adabiyotlar, jinoiy javobgarlikka asos boʻla oladigan predmet va hujjatlar olib qoʻyilgan.

Qoʻlga olinganlar Peterburg metrosida teraktni amalga oshirgan fuqaro bilan bogʻliqligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq.

Qoʻlga olinganlarning barcha tanish-bilishlari sinchkovlik bilan tekshirilishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 3 aprel kuni Peterburg metrosining "Sennaya ploщad" va "Texnologicheskiy institut-2" stantsiyalari oraligʻida portlash sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda portlash oqibatida 14 kishi halok boʻlgan, 49 kishi jarohatlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala