Jamiyat

Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar uchun jazoni kuchaytirish kerakmi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishChastnыy priyut dlya bezdomnыx sobak
Chastnыy priyut dlya bezdomnыx sobak - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda Oʻzbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlar uchush faqat eng kam ish haqining 0,5 - 2 baravari miqdorida jarima solinadi.

TOSHKENT, 6 apr — Sputnik.  "Mehr va oqibat" hayvonlarni himoya qilish ijtimoiy tashkiloti Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan katta muammoni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqdi.  

Maʼlumki, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari respublikada uchrab  turadi. Ayni damda bunday kimsalarga jazo sifatida eng kam ish haqining 0,5 — 2 baravari miqdorida jarima solinadi.

"Mehr va oqibat" jamoat tashkiloti aʼzolarining fikriga koʻra ushbu jazo choralari berahm kishilarni toʻxtatib qola olmaydi va qonunchilikka oʻzgarish kiritish vaqti kelgan.

Ushbu maqsadda "Mehr va oqibat" tashkiloti aʼzolari internet orqali ovoz berish eʼlon qilishgan. Agar siz ham hayvonlar taqdiriga befarq boʻlmasangiz, quyidagi soʻrovnomada ishtirok etishingiz mumkin.

Bugungi kunga qadar qayt etilgan natijalarga koʻra, soʻrovda 850dan ortiq kishi ishtirok etgan. Ulardan 53 % — qamoq jazosi berish, 16 %  - jarima miqdorini oshirish tarafdori boʻlishgan. Soʻralganlarning faqat 1% jazo chorasini shunday qoldirish tarafdori boʻlishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala