Siyosat

Oʻzbekiston prezidenti MDH Ijroiya qoʻmitasi raisini qabul qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Suhbat chogʻida MDH doirasida erkin savdo zonasining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirish va butun mintaqaning tranzit salohiyatini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan loyihalaryb amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
MDHga yangi hayot baxsh etiladi
"Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, Hamdoʻstlik doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash masalasiga muhim ahamiyat qaratilayotganini alohida taʼkidladi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, suhbat chogʻida MDH doirasida erkin savdo zonasining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantirish va butun mintaqaning tranzit salohiyatini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Uchrashuvda mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgani, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida Oʻzbekistonni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilangani, Prezidentning virtual qabulxonasi, joylarda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlarning talab va istaklarini roʻyobga chiqarayotgani, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasidagi ishlar yurtdoshlarimizning davlatga ishonchini mustahkamlayotgani taʼkidlangan.

Lebedev Mirziyoyevga samimiy qabul, Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala