Siyosat

MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldilar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMDH davlatlari delegatsiyalari
MDH davlatlari delegatsiyalari - Sputnik Oʻzbekiston
MDH TIVK yigʻilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni taʼminlashda koʻp tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldilar, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti MDH Ijroiya qoʻmitasi raisini qabul qildi
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari TIV kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Belarus TIV rahbari Vladimir Makey, Qozogʻiston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov, Qirgʻiziston TIV rahbari Erlan Abdildayev, Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov, Tojikiston TIV rahbari Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon TIV rahbari oʻrinbosari Xalaf Xalafov, Moldova Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri oʻrinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston TIV rahbari oʻrinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiyalar yetib kelgani xabar qilinmoqda.

7-aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yigʻilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni taʼminlashda koʻp tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala