Siyosat

Rossiya TIV: MDH yigʻilishida terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan hujjatlar tasdiqlanadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishRossiya TIV binosi
Rossiya TIV binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari yigʻilish davomida xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashib, Hamdoʻstlik doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar hamda huquq-tartibot, madaniy va harbiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni tasdiqlaydilar

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti MDH Ijroiya qoʻmitasi raisini qabul qildi
Sal oldin Rossiya TIV vaziri Toshkentga yetib kelgani haqida maʼlumot bergan edik.

MDH TIVK yigʻilishi bu yil Rossiya raisligida oʻtadi.

Rossiya tashqi ishlar mahkamasining xabariga koʻra, deb yozadi nashr, MDH TIVK kun tartibida Hamdoʻstlik asosiy faoliyatini qamrab oluvchi masalalar kiritilgan.

Yigʻilish davomida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadilar, Hamdoʻstlik doirasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar, hamda huquq-tartibot, madaniy va harbiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni tasdiqlaydilar.

Jumladan, Toshkentda terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan qator hujjatlar tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qiladi nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala