Hodisalar

OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan oʻzbek pasporti topilgan

© REUTERS / /Daniel DiksonSotrudniki politsii i spetsslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt
Sotrudniki politsii i spetsslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik Oʻzbekiston
Nashr manbalarining soʻzlariga koʻra, u Shvetsiyada yashovchi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Stokgolm markazida terakt uyushtirishda gumonlanib qoʻlga olingan erkak "Islom davlati" terrorchilik tashkilotiga xayrixoh boʻlgan, deb xabar berdi RIA Novosti Aftonbladet gazetasiga tayanib.

Erkak Mersta tumanidagi doʻkonlardan birida qoʻlga olingan. Nashr manbalarining maʼlumotlariga koʻra, 39 yoshli erkakda jarohat izlari boʻlgan va qoʻlga olingan paytda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirganligini aytgan.

CHP v Stokgolme, gde gruzovik vʼyexal v tolpu lyudey - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Stokgolmda yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib bordi: qurbonlar bor

Nashr manbalarining soʻzlariga koʻra, u Shvetsiyada yashovchi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.

Aftonbladet nashri uni taniydigan shaxs bilan bogʻlangan, u esa bu maʼlumotlarga ishonmasligini aytgan. "Uning toʻrtta farzandi bor, u qurilishda ishlaydi", — degan nashr suhbatdoshi. U shuningdek, gumonlanuvchi hech qachon din yoki siyosat haqida gapirmaganini, faqat koʻproq pul ishlab oilasiga joʻnatish tashvishida boʻlganini aytgan.

7 aprel kuni Stokgolmdagi Drottninggatan koʻchasida yuk mashinasining odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok boʻlgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala