O‘zbekistonlik ayol Peterburg metrosidagi portlashda gumonlanib hibsga olindi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste predpolagayemix souchastnikov terakta v metro Sankt-Peterburga
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste predpolagayemix souchastnikov terakta v metro Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tergovchi detonatorni biologik izlar qolishi uchun ayolning sochlariga surtgan, detonatorni uning badaniga ishqalagan", - dedi advokat Musa Abdulvahobov

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Basmanniy sudi Sankt-Peterburgdagi portlashga aloqadorlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik Shohista Karimovaning hibsga olinishi haqida hukm chiqardi. Gumondor 3-iyunga qadar qamoqda saqlanadi, deb ma’lum qildi Basmanniy sudi matbuot kotibi Yunona Yunona Sareva.

Tergovchi Karimovaning yonidan mikrosxema va sanoat detonatorlari, sumkasidan esa F1 granatasi topilganini iddao qilmoqda. Advokat Musa Abdulvahobov bularning barini tintuv davomida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan operativ xodimlar solib qo‘yishganini bildirdi.

Spesslujbi u metro Peterburga posle vzriva - Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg metrosida portlash sodir bo‘ldi

"Tergovchi detonatorni biologik izlar qolishi uchun ayolning sochlariga surtgan, detonatorni uning badaniga ishqalagan", — dedi advokat Musa Abdulvahobov RIA Novostiga.

U shuningdek, himoyasi ostidagi ayol "o‘ta zakovatli emasligini va eng og‘ir ishda ishlashini", hech qachon Sankt-Peterburgda bo‘lmagani va hudkush Akbarjon Jalilov bilan tanish bo‘lmaganini aytdi. Ayol ilgariroq hibsga olingan Sodiq Ortiqov bilan Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi "Lesnoe" kafesida ishlagan va o‘sha kafeda yashagan. Advokat hukm ustidan shikoyat qilmoqchi.

3 aprel kuni Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari oralig‘ida portlash sodir bo‘lgan, oqibatda 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangandi.

Yangiliklar lentasi
0