Jamiyat

Mirziyoyev Konstitutsiyaga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu oʻzgartishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida kiritilmoqda

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda "Kun.uz". Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 17 martda qabul qilingan, 2017 yil 28 martda Senat tomonidan maʼqullangan.

Ushbu oʻzgartishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida kiritilmoqda.
Unga koʻra,

1) 80-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash";

2) 81-moddaning yettinchi qismidagi "Oliy xoʻjalik sudi" degan soʻzlar "Sudyalar oliy kengashi" degan soʻzlar bilan almashtirildi;

3) 83-moddadagi "Oliy xoʻjalik sudi" degan soʻzlar chiqarib tashlandi;

4) 93-modda birinchi qismining 13- va 14-bandlari quyidagi tahrirda bayon etiladi:

Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi plenumi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi birlashtiriladi

"13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining aʼzolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi";

5) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va maʼmuriy sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar maʼmuriy sudlaridan iborat";

6) 110-moddaning birinchi qismi "jinoiy" degan soʻzdan keyin "iqtisodiy" degan soʻz bilan toʻldirildi;
uchinchi qismidagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning" degan soʻzlar "quyi sudlarning" degan soʻzlar bilan almashtirildi;

7) 111-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi".

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala