Hodisalar

Samarqand tibbiyot kolleji boʻlim boshligʻi pora olayotganda ushlandi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
U bu yilgi oʻquv yili uchun ikki abituriyentni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar soʻragan

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Samarqand viloyat Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan birgalikda samarqand tibbiyot kolleji hamshiralik boʻlimi boshligʻi Hakimjon Matyoqubovga nisbatan tadbir oʻtkazdilar.

"Hakimjon Matyoqubov oʻz shaxsiy manfaatlarini koʻzlab ota-onalarga ularning farzandlarini qabul komissiyasi rasman ish boshlaguniga qadar oʻquv yurtiga joylab qoʻyishini aytgan. U bu yilgi oʻquv yili uchun ikki abituriyentni kollejga joylash uchun samarqandlik fuqarodan 2200 dollar soʻragan", — dedi MXX vakili Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentlik firibgar ayol 20 ming $ bilan qoʻlga tushdi

Oʻtkazilgan maxsus tadbir chogʻida huquqni muhofaza qilish organlari H.Matyoqubovni xizmat xonasida soʻralgan miqdordagi pulni olayotganida qoʻlga oldilar. Unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xizmati korruptsiya, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish va tovlamachilikka qarshi kurash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatda ushbu salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Birgina keyingi yil davomida bu yoʻnalishda qator qatʼiy qadamlar qoʻyildi —"Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi hamda Korruptsiyaga qarshi kurash Davlat dasturi imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala