Jamiyat

Toshkent avtobuslarida elektron toʻlov tizimi joriy etiladi

© Sputnik / StringerGorodskoy transport v Tashkente
Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Kartochkalar tranzit tizim orqali toʻldirilishi, toʻlovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oshirish mumkin

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. "Mikroelektronika Plyus" MCHJ va VIA TASHKENT MCHJ oʻzaro hamkorlikda yoʻlovchi transport tizimida yoʻl haqi tizimini avtomatlashtirish uchun milliy qurilma dasturiy kompleksini ishlab chiqdi. Bu haqda "Kun.uz" maʼlum qilmoqda.

"Mikroelektronika Plyus" MCHJ direktori S.Rahimbekovning aytishicha, dasturiy taʼminot mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan hamda rus va oʻzbek tillarida ishlaydi.

Kartochkalar tranzit tizim orqali toʻldirilishi, toʻlovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, mobil qurilmalar uchun ham maxsus dastur joriy etilib, toʻlovlarni smartfondan foydalangan holda amalga oshirish imkoni mavjud.

© Kun.uzTransport kartasi
Transportnaya karta - Sputnik Oʻzbekiston
Transport kartasi

Juma kuni mazkur elektron toʻlov tizimi Toshkent shahridagi 155-sonli avtobus yoʻnalishida (Gulobod koʻchasi-Baxt koʻli) sinovdan oʻtkazildi.

Sinovlar tugagach, tizim yoʻnalishning barcha avtobuslarida yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala