Nilufar Usmonova "Lokomotiv"ning yangi a’zosiga aylandi

© Youtube / YouTubePevitsa Nilufar Usmanova
Pevitsa Nilufar Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda "Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlarda Nilufar Usmonova ham to‘p suradi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Nilufar Usmonova "Lokomotiv" bilan transfer kelishuviga erishdi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz" futbol klubi matbuot xizmatiga tayanib.

© lokomotiv.uzNilufar Usmonova
Nilufar Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Nilufar Usmonova

Klub qarorgohiga tashrif buyurgan san’atkor stadion va klub bilan yaqindan tanishgach, unga 21-raqamli futbolka ramziy tarzda topshirildi.

© lokomotiv.uzNilufar Usmonova
Nilufar Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Nilufar Usmonova

Endilikda "Lokomotiv" ishtirokidagi uchrashuvlarda Nilufar Usmonova ham to‘p suradi. U mazkur hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganidan mamnun ekanini ta’kidlab, "temiryo‘lchilar"ning ushbu mavsumda ham yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonishini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0