Jamiyat

Oʻzbekistonda yoʻl inspektsiyasi yoʻllarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan boʻldi

© Nuz.uzDoroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana
Doroga Tashkent-Chirchik-Chimgan kapitalno otremontirovana - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻl inspektsiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika boʻylab doimiy asosda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda yoʻl qurilishini nazorat qiluvchi yangi vakolatli davlat organi tashkil etildi. U oʻz faoliyatini tashkil etishda hukumatga boʻysunadi, deb xabar qilmoqda "Podrobno.uz" Davlat avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga rais va rais oʻrinbosari tayinlandi

Yangi inspektsiya yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, jihozlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda yuridik va xususiy shaxslarning bu boradagi meʼyoriy hujjatlar talablariga qanchalik rioya etilishini nazorat qiladi.

Ular shuningdek, qurilishi tugallangan yoʻl obʼyektlarini qabul qilish komissiyalari ishida qatnashadi hamda shaharsozlikning yoʻl qurilishiga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi va takliflar beradi.

Inspektsiyaning yana bir faoliyat yoʻnalishi yoʻl-qurilish materiallari, jihozlari va konstruktsiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashdan iborat.

Yoʻl inspektsiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika boʻylab doimiy asosda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala