Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya qiroliga hamdardlik maktubi yoʻlladi

Oʻzbekiston rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sogʻayishni tiladi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok boʻlishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yoʻlladi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sogʻayishni tiladi.

Eslatib oʻtamiz, 7 aprel kuni Stokgolmdagi Drottninggatan koʻchasida yuk mashinasining odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok boʻlgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala