Siyosat

Oʻzbekiston va Armaniston savdo sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchi

© https://www.gov.uz/uz/news/view/10079Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Armaniston TIV rahbari Edvard Nalbandyan bilan
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Armaniston TIV rahbari Edvard Nalbandyan bilan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston TIVda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston va Armanistonning mavjud salohiyatini namoyon qilish nuqtai-nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalariga alohida eʼtibor qaratildi

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosida Armaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston hukumati matbuot-xizmati.

SPUTNIK_Lavrov o vыsыlke rossiyskix diplomatov iz SSHA i otvetnыx merax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lavrov oʻzbekistonlik diplomatlarga mukofot topshirdi
"2017 yilning 7 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun kelgan Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bilan uchrashdi", — deyiladi xabarda.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Armaniston munosabatlarining hozirgi holati, turli sohalardagi aloqalar, jumladan MDH va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Armanistonning mavjud salohiyatini namoyon qilish nuqtai-nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala