Jamiyat

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishMakka shahridagi ziyoratchilar
Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Bu haqda 8 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan oʻtkazilgan videoselektor davomida maʼlum qilingan

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. 8 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov prezidentning 2017 yil 4 apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor majlis oʻtkazgan.

Majlis davomida Respublika "Nuroniy" jamgʻarmasi vakili tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini muborak haj safariga imtiyozli ravishda yuborish taklifi berilgan.

Jamiyat
Urush veteranlari navbatsiz mashina oladi
"Bosh vazir ushbu taklifga javoban, prezident tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har qanday talab va istaklarini inobatga olish haqida soʻzlaganlari, agarda ular haj safariga borish istagini bildirsa, davlatimiz tomonidan albatta bepul borib kelishlarini bildirgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashganlarlarning  aksariyati ayni paytda 90 yoshdan oshganligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi ham aytib oʻtilgan", — deb yozadi "kun.uz" nashri.

Taʼkidlanishicha, "Nuroniy" jamgʻarmasiga roʻyhatni shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, bayram tadbirlarida ishtirok etuvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tadbirlar davomida urintirib qoʻymaslik, koʻngliga qarab ish koʻrish haqida hamda bayramda kiyishlari uchun liboslari ham davlat tomonidan berilishi aytib oʻtildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala