O‘zbekistonliklar o‘z vatandoshlarining terrorchi ekanliklariga ishonmaydilar

© Startup StockphotosPolzovatel za rabotoy
Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada O‘zbekistonning ikki fuqarosi Stokgolm va Sankt-Peterburgdagi terrorchilik hujumlariga aloqador ekanliklari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek guruhlarini larzaga keltirdi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbirining ma’lum qilishicha, foydalanuvchilarning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ushbu jinoyatlarga aloqador ekanliklariga ishonishmayapti hamda buning xato bo‘lib chiqishiga umid qilishmoqda. Shu bilan birga ularning ko‘pchiligi terrorizmning millati yo‘q ekanligini va bu mudhish jinoyatlarni amalga oshirganlar biror davlat yoki millatga mansub emasliklarini, ular insoniyligini yo‘qotgan kimsalar ekanligini ta’kidlashmoqda.

Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste predpolagayemix souchastnikov terakta v metro Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ayol Peterburg metrosidagi portlashda gumonlanib hibsga olindi

"O‘zbekistonliklar, ig‘vogarliklarga berilmang!!! Biz baribir ahil yashaymiz! Biroq yaqinlaringizni kuzatib yuring, ularning terrorizm yo‘liga kirib qolishlariga imkon bermang! Ana shunday adashganlarni deb butun mamlakat sha’niga dog‘ tushmoqda", — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

"Terrorning millati yo‘q. Qo‘rquvga tushmoqdamiz. Yoshlar nega bunchalik qahri qattiq bo‘lib ketishmoqda. Aqlga sig‘dirish qiyin va bu juda dahshatli", — deb yozadi yana bir o‘zbekistonlik foydalanuvchi.

"O‘z xalqiga xoinlik qilib qotillik yo‘lini tanlash ularning vijdoniga havola! Lekin ularning o‘zbek xalqiga hech qanday aloqasi yo‘q!", — deydi uchinchi foydalanuvchi.

AQShning Suriyaga nisbatan harakatlaridan so‘ng ayrim o‘zbekistonliklar o‘z vatandoshlarining boshqa mamlakatlardagi terrorchilik harakatlariga aloqadorliklari sababli respublikaga sanksiyalar kiritilmaydimi, degan savolni berishmoqda.

"Albatta, o‘z vatandoshlaring haqida yomon va sharmandali so‘zlarni eshitging kelmaydi, lekin dunyo o‘zgardi, terrorizm zamonaviy urushga aylandi. Mamlakat taqdiri uchun xavotirlana boshlaysan. Agarda bularning bari ataylabdan uyuushtirilayotgan va bizning tinch davlatimizga nisbatan harbiy choralar ko‘rishni istashayotgan bo‘lishsa-chi? Xuddi bugungidek musaffo osmon ostida tinch yashashni istaymiz. Do‘stlar, ig‘vogarliklarga yo‘l qo‘ymang", — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

"Amerikaliklarning siyosati sababli mamlakatimizning Rossiyaga yaqinlashuvi yo‘lida mana shunday to‘siqlar paydo bo‘ladi: maqsad — vatanimiz obro‘sini tushirish va tashqi dunyodan ajratish", — deydi boshqa bir foydalanuvchi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar butun sobiq ittifoq respublikalarida ta’lim tizimi darajasi tushib ketganligini qayd etishgan. Aynan mana shu narsa terrorchilar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, deydi ular.

Sotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan o‘zbek pasporti topilgan

"Bularning barchasi savodsizlikdan! O‘tgan 25-yil ichida qancha yoshlarni qo‘yib yubordik! Hamma joyda, faqat bizdagina emas. Yaxshi ta’lim tizimini parchaladik. Hamma narsa pul bilan o‘lchanadi! Bilimsiz insonlardan mutaassiblarni yetishtirish juda oson. Ayniqsa pul berishni va’da qilib!", — deb yozadi o‘zbekistonlik foydalanuvchi.

Umuman, izohlar minglab topiladi, mulohazalar turli-tuman. Eng yomoni, mana shu munozaralarda ham bir-birlariga nisbatan hurmat saqlanmayotganligi. Butun dunyoga tarqalib borayotgan bu illatni bartaraf etish insoniyatning muhim vazifasiga aylanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0