Ruslan Sharipov sahnaga qaytdi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning suratlari internet saytlarida tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Ruslan Sharipov sahnaga qaytdi. Bu haqda troll.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

"Hayot davom etar! Judayam kuchli so‘zlar. Ayniqsa bu so‘zlarni undan eshitsangiz. Ruslan Sharipovni qaytishi bilan tabriklayman. Uning bu qaytishiga yordam berganlarga minnatdorlik bildiraman", deyiladi postda.

O‘tgan yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bugungacha xit bo‘lib kelayotgan qator taronalar muallifi hisoblangan Ruslan Sharipovning suratlari internet saytlarida tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Suratlarda uning abgor holatga tushib qolgani tasvirlangandi.

Yangiliklar lentasi
0