Sochidagi XIX xalqaro yoshlar va talabalar festivalida ishtirok etishni xohlaysizmi?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishXalqaro yoshlar va talabalar festivali
Xalqaro yoshlar va talabalar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festivalning asosiy maqsadi – turli mintaqalardagi rahbarlarlik qobiliyatiga ega yoshlarni birlashtirish, shuningdek, eng dolzarb masalalar va muammolarga yangi avlod fikrini shakllantirishdir. Yoshlar muhokamasi BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanishning 17 ta loyihasiga qaratiladi. Festival shu yil(2017)ning 14 – 22-oktabr kunlarida o‘tkaziladi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Sochidagi XIX xalqaro yoshlar va talabalar festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi grantlar.uz.

Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkaziladigan ushbu festivalda 18 – 35 yoshli o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ariza topshirish muhlati 15-may 2017-yilgacha.

"1957-yil va 1985-yilda Rossiyada Xalqaro yoshlar va talabalar festivali bo‘lib o‘tgan. Mazkur an’anani davom ettirish hamda ularni zamonaviy tendensiyalar bilan birlashtirib, yana bir bor barcha qit’alardan vakillarni Sochiga chorlaydi. Festival 150 mamlakatdan keladigan 20 000 ishtirokchini qabul qilishga tayyor. Festival xalqaro munosabatlar, xalqaro va madaniyatlararo hamkorlikni targ‘ib qilish, uni yanada rivojlantirish, xalqaro yoshlar jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan", — deyiladi xabarda.

Festivalning asosiy maqsadi – turli mintaqalardagi rahbarlarlik qobiliyatiga ega yoshlarni birlashtirish, shuningdek, eng dolzarb masalalar va muammolarga yangi avlod fikrini shakllantirishdir. Yoshlar muhokamasi BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanishning 17 ta loyihasiga qaratiladi.

Festival shu yil(2017)ning 14 – 22-oktabr kunlarida o‘tkaziladi.

Grant miqdori: Bepul turar joy, oziq-ovqat, sport faoliyati;

Bepul viza;

Transport xarajatlari ishtirokchining o‘zi qoplashi zarur. Ayni paytda chiptalar narxini kamaytirish maqsadida dunyoning barcha nuqtalaridan Moskva shahriga to‘g‘ridan- to‘g‘ri parvozlar tashkil qilmoqda.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 18 – 35-yosh bo‘lishi; Yosh tashkilotchilar, jurnalistlar, sportchilar, ijodkor shaxs (rassom, musiqachi, yozuvchi, rejissor)lar, IT va muhandislik mutaxassislari, tashkilotlar, siyosiy partiya xodimlari, o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadbirkor rahbarlar;

Rus tili va madaniyatidan xabardor nomzodlar;

Yangiliklar lentasi
0