Dunyoda

Tramp: "Agar Xitoy yordam bermasa, Shimoliy Koreya muammosini mustaqil hal qilamiz"

© Sputnik / Kevin Dauns / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Donald Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Agar Xitoy bizga yordam bersa zoʻr ish boʻlar edi. Agar rad etsa, bu muammoni ularsiz hal qilamiz", - deb yozgan Tvitterdagi akkauntida Amerika yetakchisi

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpinga, Xitoy bilan savdo kelishuvi shartlari Pekinning "KXDR muammolarini" hal qilishga tayyorligi bilan bogʻliq boʻlishini aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Men XXR raisiga agar ular Shimoliy Koreya muammosini hal qilishsa, AQSH bilan tuziladigan savdo bitimi ular uchun yanada yaxshi boʻlishini tushuntirdim", — deb yozgan Amerika prezidenti oʻzining Twitter dagi akkauntida.

​Tramp shuningdek, agar Pekin yordam berishdan bosh tortsa, AQSH "KXDR muammosini" mustaqil hal etishga tayyorligini bildirgan. "Shimoliy Koreya "muammo izlayapti". Agar Xitoy bizga yordam bersa zoʻr ish boʻlar edi. Agar rad etsa, bu muammoni ularsiz hal qilamiz", — deb yozgan Amerika yetakchisi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp va XXR Raisi Si Tszinpin 6-7 aprel kunlari Floridada uchrashishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0