Jamiyat

Toshkentdan uy sotib olgan boshqa shaharliklar propiskaga qoʻyilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Fotobankka oʻtishNa odnoy iz ulits goroda Tashkenta
Na odnoy iz ulits goroda Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga Toshkent shahridan turar joy xarid qilish orqali boshqa shahardan kelganlar va xorijliklar uchun poytaxt hamda Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini taqdim etishga yoʻnaltirilgan ikkita qonunchilik hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga Toshkent shahridan turar joy xarid qilish orqali boshqa shahardan kelganlar va xorijliklar uchun poytaxt hamda Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini taqdim etishga yoʻnaltirilgan ikkita qonunchilik hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yoʻnalish boʻyicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Davlat dasturi boshqa shahardan boʻlganlar va xorijliklarga Toshkent shahri hamda viloyatida propiska olish uchun qiymati eng kam ish haqining 2 ming baravari miqdoridan kam boʻlmagan yangi uy-joyni xarid qilish (boshqa mintaqalarda propiskasi boʻlmagan xorijliklar uchun — 100 ming AQSH dollari) va koʻchmas mulk narxidan 5-10 foiz davlat bojini oʻrnatish orqali taqdim etish imkoniyatini nazarda tutadi.

Oʻzbek pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

Birinchi qonun loyihasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylar, kvartiralar, dala hovlilar, garajlar, boshqa inshootlar, binolarni boshqalar ixtiyoriga oʻtkazish boʻyicha shartnomani tasdiqlash uchun davlat boji miqdori turar joy yoki umumiy hududidan kelib chiqib belgilanishiga oid umumiy qoidani bekor qilish taklif etilmoqda.

Bu boshqa shahardan kelganlar va xorijliklarga shartnoma qiymatiga bogʻliq boʻlgan davlat boji toʻlanishining yangi mexanizmini joriy etish uchun zarur.

Ikkinchi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — shaxslar toifalari roʻyxati toʻgʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadi.

Unga koʻra, Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda koʻchmas mulkni xarid qilish-sotish boʻyicha notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda qiymati eng kam oylik ish haqining kamida 2 ming baravari boʻlgan koʻchmas mulkni bank hisob raqamlari orqali hisob-kitob qilingan holda xarid qilsa, amalga oshiriladi.

Aynan ushbu narxda Toshkent shahri va viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va oʻsha mintaqalarda doimiy propiskaga ega boʻlgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham koʻchmas mulkni sotib oladi.

Oʻzbekiston pasporti. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Internet orqali doimiy propiskadan oʻtish haqidagi xabarga tuzatish kiritildi

Xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar poytaxt mintaqasida shu tarzda propiska olishlari uchun Toshkent shahri va viloyatida qiymati kelishuv imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bilan va bank hisob raqamlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda qiymati 100 ming dollardan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni xarid qilishlari kerak boʻladi.

Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash uchun quyidagi davlat bojlari miqdori taklif etilmoqda:

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy tarzda yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega hamda qiymati eng kam oylik ish haqining 2 ming baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni xarid qiluvchi jismoniy shaxslar uchun — shartnoma summasidan 5 foiz miqdorida.

Toshkent shahri va viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va Oʻzbekistonda yashash uchun ruxsatnoma olgan hamda qiymati shartnoma imzolangan kundagi Markaziy bank kursi boʻyicha kamida 100 ming dollarlik koʻchmas mulkni xarid qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — shartnoma summasidan 10 foiz miqdorida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala