Hodisalar

AQSH Afgʻonistonga eng kuchli bombani tashladi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondagi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga "eng kuchli yadrosiz bomba" bilan zarba berdi

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. AQSH birinchi marta eng kuchli yadrosiz bombani jangovar sharoitda qoʻlladi: bomba Afgʻonistondagi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilariga qarshi ishlatildi, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga Pentagon matbuot-xizmati.

Afgʻonistonda AQSH harbiylari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Afgʻonistonda harbiylar sonini yana 5000 kishiga koʻpaytirmoqchi
"Zarba Nangarxar provintsiyasidagi Achin tumanida berildi. "Islom davlati" jangarilari va ular harakatlanish uchun foydalanidigan tunnel tizimlari nishonga olindi. GBU-43 (bombasi) qoʻllanildi", — deb xabar qilgan matbuot-xizmati vakili.

Vakil bomba AQSH tomonidan qoʻllanilgan eng kuchli yadrosiz qurol boʻlganini tasdiqlagan.

Pentagon vakilining soʻzlariga koʻra, bomba MS-130 samolyotidan tashlangan.

Ochiq manbalarda tarqatilayotgan xabarlarga koʻra, bunday bombaning ogʻirligi 9,5 tonnani tashkil qiladi.

Bunday bomba yordamida yer ustida bir necha yuz metr masofada joylashgan har qanday inshoot, tank va askarlarni, yer ostida 30 metr chuqurlikda qurilgan inshootlarni, gʻor va boshqa tabiiy toʻsiqlar ortida yashiringan dushman kuchlarini yoʻq qilib yuborish mumkin.

AQSH Afgʻonistonda ID yoʻq qilinmagunga qadar hujumkor operatsiyalar davom ettirilishini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala