Chilonzorda ko‘p qavatli parkovkalar quriladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie pervoy ocheredi mnogofunksionalnogo kompleksa "Moskva"
Otkritie pervoy ocheredi mnogofunksionalnogo kompleksa Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent tumanlarining birida yo‘l infraqurilmasini rivojlantirish rejasi bilan tanishib chiqdi va avtomobillar to‘xtash joyi yetishmovchiligi muammosini hal qilishni talab qildi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumaniga nazorat tashrifi bilan keldi. Davlat rahbari ikki yil davomida tuman ichidagi barcha yo‘llarni ta’mirlash va ko‘p qavatli avtomobil turar joylari barpo etish kerakligini ta’kidladi.  

Chilonzor tumani yo‘llarini ta’mirlash loyihasi 2018-yilga qadar barcha yo‘llarni ta’mirdan chiqarishni ko‘zda tutgan. Prezident tuman yo‘llari eng zamonaviy talablarga ko‘ra, yuqori darajada ta’mirlanishi kerakligi aytib o‘tildi. 

O‘zbekiston yo‘llari - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin kelajakda qanday yo‘llar quriladi ?

Tartibsiz tashkil qilingan avtomobil turar joylari yirik bozor, savdo va biznes markazlari oldida yo‘l harakatiga xalal berayotganini qayd etilib, ushbu joylarda 3-4  qavatli parkovkalar qurish maqsadga muvofiq bo‘lishi ta’kidlandi. Bunday parkovkalar tanqis bo‘lgan joy muammosini hal qilib, avtomobilchilar va piyodalarga qulaylik yaratishi kerak.

Toshkentda oxirgi oylar davomida avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi, yangi transport bog‘lamalari qurilishi faol olib borilmoqda. Shunday transport bog‘lamalaridan biri “Novza” metrosi yonidagi mart oxirida ochildi. Yana bir bog‘lama “Bunyodkor” stadioni oldida ushbu yilning kuzida ochiladi.

2030 yilga qadar Toshkentda umumiy hisobda 90 km yangi yo‘llar va 30dan ortiq yangi transport bog‘lamalari qurilishi rejalashtirilgan

 

Yangiliklar lentasi
0