Jamiyat

Oʻzbekiston xavfsiz mamlakatlar reytingiga kiritilmadi

Dunyoning 136 mamlakati kiritilgan roʻyxatning 1-oʻrnini Finlyandiya egallagan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda BAA va Islandiya joylashgan

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan eʼlon qilingan jahon mamlakatlarining xavfsizlik boʻyicha reytingiga Oʻzbekiston kiritilmadi.

Reytingga koʻra, MDH mamlakatlari ichida eng xavfsiz mamlakat sifatida Armaniston koʻrsatilgan — 34-oʻrin. Armanistondan keyingi oʻrinni Ozarbayjon egallagan.

Oʻzbekiston pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston pasporti "eng kuchli" pasportlar reytingida 72-oʻrinda

Tojikiston 49-, Qozogʻiston 58-oʻrinda qayd etilgan. Qirgʻiziston reytingda 98-oʻrinda qayd etilgan boʻlsa, Rossiya yanada quyiga — 108-oʻringa joylashtirilgan.

Dunyoning 136 mamlakati kiritilgan roʻyxatning 1-oʻrnini Finlyandiya egallagan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda BAA va Islandiya joylashgan.

Reytingning oxirgi oʻrinlarini Yaman va Kolumbiya band etgan.

Reytingni tuzishda analitiklar turli omillar: jinoyatchilik darajasi, terrorchilik tahdidi va mamlakat hududidagi harbiy nizolarni hisobga olishgan.

Mazkur reytingga Oʻzbekistonning nima uchun kiritilmaganini esa quyidagicha izohlash mumkin: yoki analitiklar Oʻzbekistonda aslo boʻlishmagan va respublikaning qay darajada xavfsiz ekanligini bilishmaydi yoki Oʻzbekistonning xavfsizlik darajasi shu darajada yuqoriki, u hatto birinchi oʻrindagi Finlyandiyani ham ortda qoldirgani uchun roʻyxatning eng yuqorisida joy yetmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala