Jamiyat

Islom Karimov nomidagi Fond eʼlon qilgan tanlov gʻoliblari aniqlanmoqda

© Press-slujba Pravitelstva KыrgыzstanaTseremoniya proщaniya s Islamom Karimovыm v Samarkande
Tseremoniya proщaniya s Islamom Karimovыm v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼlim granti uchun saralash tanlovida Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining 300ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga oʻtib, IELTS testlarida ishtirok etdi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan shu yilning yanvar oyida eʼlon qilingan Yevropa va AQSH oliy oʻquv yurtlarida magistratura yoʻnalishi boʻyicha tahsil uchun grant doirasidagi saralash tanlovi yakuniy bosqichga keldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Saralash imtihonlari bir necha bosqichda amalga oshirilib, chet tilidan maxsus test, tanlangan mutaxassislik boʻyicha test va suhbat, mutaxassislar bilan suhbat, IELTS testlaridan iborat boʻldi.

Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov xayriya fondi xorijda oʻqish uchun birinchi tanlov eʼlon qildi

Taʼlim granti uchun saralash tanlovida Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining 300ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga oʻtib, IELTS testlarida ishtirok etdi.

Hozirda gʻoliblar soni va roʻyxatini aniqlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Gʻoliblar tanlov davomida oʻtkazilgan barcha test va imtihonlarda egallangan ballarning umumiy yigʻindisi asosida tanlanadi. Eng koʻp ball toʻplagan nomzodlar Yevropa va AQSH oliy taʼlim muassasalarida magistrlik yoʻnalishida tahsil olish imkoniga ega boʻladilar.

Lola Karimova-Tillyayeva imtihon sinovlarini oʻtkazishda amalga oshirgan koʻmaklari uchun Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Britaniya Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali, INXA universiteti hamda Oʻzbekistonning boshqa oliy taʼlim muassasalariga minnatdorlik bildirdi.

"Yevropa va AQShning peshqadam oliygohlarida taʼlim olgan kadrlar kelajakda Vatanimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshishiga aminman. Tanlov ishtirokchilariga omad tilayman!", deb soʻzlarini yakunlaydi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala