Islom Karimov nomidagi Fond e’lon qilgan tanlov g‘oliblari aniqlanmoqda

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaSeremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande
Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’lim granti uchun saralash tanlovida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 300ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga o‘tib, IELTS testlarida ishtirok etdi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan shu yilning yanvar oyida e’lon qilingan Yevropa va AQSh oliy o‘quv yurtlarida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil uchun grant doirasidagi saralash tanlovi yakuniy bosqichga keldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Saralash imtihonlari bir necha bosqichda amalga oshirilib, chet tilidan maxsus test, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha test va suhbat, mutaxassislar bilan suhbat, IELTS testlaridan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xayriya fondi xorijda o‘qish uchun birinchi tanlov e’lon qildi

Ta’lim granti uchun saralash tanlovida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 300ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 25 nafari tanlovning oxirgi bosqichiga o‘tib, IELTS testlarida ishtirok etdi.

Hozirda g‘oliblar soni va ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. G‘oliblar tanlov davomida o‘tkazilgan barcha test va imtihonlarda egallangan ballarning umumiy yig‘indisi asosida tanlanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan nomzodlar Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarida magistrlik yo‘nalishida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Lola Karimova-Tillyayeva imtihon sinovlarini o‘tkazishda amalga oshirgan ko‘maklari uchun Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Britaniya Kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali, INXA universiteti hamda O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalariga minnatdorlik bildirdi.

"Yevropa va AQShning peshqadam oliygohlarida ta’lim olgan kadrlar kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga aminman. Tanlov ishtirokchilariga omad tilayman!", deb so‘zlarini yakunlaydi u.

Yangiliklar lentasi
0