Mirziyoyev Samarqandda ish o‘rinlari yaratilishiga e’tibor qaratdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz uchun har bitta ish o‘rni muhim. Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz, - degan Prezident

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari Jomboy tumanidagi "G‘alla Osiyo non" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, viloyatda yaqin vaqtlar ichida amalga oshiriladigan yirik loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.

Dastlab Prezidentga "Sharq sanoat" konserni tarkibida tashkil etilgan intensiv ko‘chat yetishtirish loyihasi haqida ma’lumot berildi. Polshadan kelgan mutaxassislar yangi texnologiyaning ahamiyati, afzalliklari haqida so‘zlab berdi. Mazkur usul asosida yetishtirilgan ko‘chatlar kasallikka chidamliligi, tezpisharligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Samarqandda kartoshka yetishtirish bo‘yicha yangi markaz tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Markazning hududlararo filiallari tashkil qilinadi. Viloyatlarda mazkur yo‘nalishda laboratoriyalar ochish kerakligi qayd etildi.

Bulung‘ur tumanida tashkil etilayotgan "Tohir" mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihasi haqida so‘zlab berildi. O‘zbekistonda aholini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh bo‘lgan ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi tashkil etilayotgan jamiyat mutaxassislari loyihani joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

O‘n bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega.

Prezidentga taqdim qilingan keyingi uchta loyiha ham shu yo‘nalishda. Bular Bulung‘ur tumanidagi "Samarqand garden plast" va Jomboy tumanidagi "Grin agro eksport" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hamda "Maroqand meva-sabzavot" fermer xo‘jaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash markazini tashkil etish loyihalaridir.

Loyihalar haqida prezidentga batafsil ma’lumot berildi: tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari, eksport hajmi, tashabbuskor tomonidan sarflanadigan mablag‘lar, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar, zamonaviy uskunalarning imkoniyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqandda: prezident xalq bilan muloqot qiladi

Davlat rahbari loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi "Yunusjon ahli" oilaviy korxonasi tomonidan soya oqsili izolyati ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Yiliga 26 tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega korxona Xitoyning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshiriladigan korxonada soya yog‘i, uni, oqsil izolyati ishlab chiqariladi.

Prezident yaratiladigan ish o‘rinlari bilan qiziqdi. Korxonada 80 kishining bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgani aytildi.

"Biz uchun har bitta ish o‘rni muhim. Loaqal ikkita odamni ish bilan ta’minlagan tadbirkorni boshimizda ko‘tarishga tayyormiz, — degan Prezident. — Chunki insonning ish bilan ta’minlanishi uning oilasi farovon bo‘lishiga, ertasiga, davlatga ishonchi oshishiga asos bo‘ladi".

Yangiliklar lentasi
0